Yangiliklar

Ko‘pchilik chanoq yoki son sohasidagi og‘riqni faqat suyak yoki bo‘g‘im muammosi deb o‘ylaydi. Ammo sabab ba’zan uzoq davom etgan stress ham bo‘lishi mumkin.

🧠 Chunki, kortizol gormoni ko‘payadi.
Stress paytida organizmda kortizol gormoni ajraladi. Agar stress uzoq davom etsa, bu gormon doimiy yuqori bo‘lib qoladi.

🔹 Mushaklar zaiflasha boshlaydi
Kortizolning ortishi organizmda oqsil parchalanishini kuchaytiradi. Bu esa chanoq-son atrofidagi mushaklarning sekin-asta zaiflashishiga olib keladi.
🔹 Natijada, chanoq va bel sohasida og‘riq, yurishda noqulaylik va tez charchash, harakat cheklanishi paydo bo’ladi.
⚠️ Eslatma, agar chanoq sohasidagi og‘riq tez-tez bezovta qilayotgan bo‘lsa, faqat suyak yoki bo‘g‘imni emas, stress darajasini ham nazorat qilish muhim.
💡 Chunki sog‘lom asab tizimi — sog‘lom mushaklar garovi.

Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati