Koson tuman tibbiyot birlashmasida aholi, ayniqsa, bolalar salomatligini muhofaza qilish maqsadida keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
🟢Tibbiy ko‘rikda Bolalar milliy tibbiyot markazi va viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 10 ga yaqin tor soha mutaxassislari hamda tumanning malakali shifokorlari ishtirok etdi. Kardiolog, LOR, okulist, nefrolog va nevropatologlar tomonidan 175 nafar 18 yoshgacha bo‘lgan bola chuqur tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.
Ko‘rik yakunlariga ko‘ra:
🔹 75 nafar bola ambulator davolanishga yo‘naltirildi;
🔹 15 nafar bolaga stasionar davolanish tavsiya etildi;
🔹 21 nafar bolaga bepul dori-darmon vositalari berildi;
🔹 3 nafar bolaga respublika darajasida yuqori malakali jarrohlik amaliyoti o‘tkazish belgilandi.
🟣Ko‘riklar davomida bolalarning salomatligi har tomonlama baholanib, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha zarur tavsiyalar va davolash choralari belgilandi.
Qashqadaryo VSSB Matbuot xizmati

