Yangiliklar

Bolalar Milliy tibbiyot markazi kardiojarrohlari, viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Koson tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari hamkorligida tug‘ma yurak nuqsoni tashxisi qo‘yilgan 2 nafar bolada murakkab kardiojarrohlik operatsiyasi muvaffaqiyatli bajarildi.

🩺Yuqori texnologiyalarga asoslangan mazkur operatsiyalarning tuman sharoitida o‘tkazilishi aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni yaqinlashtirish, bolalarning sog‘lig‘ini tiklash va hayot sifatini yaxshilashda muhim qadam bo‘ldi.
❗️Shu bilan birga ushbu operasiya imtiyozli asosda bepul bajarildi.

🩸Mutaxassislarning hamjihatligi va zamonaviy tibbiy yondashuvlar natijasida operatsiyalar muvaffaqiyatli yakunlandi.

Qashqadaryo VSSB Matbuot xizmati