Yangiliklar

Birlamchi bo’g’inlardagi patronaj doyalar o’rtasida o‘rta tibbiyot xodimlari o‘rtasida o’tkazilgan “Patronaj doya – ayol salomatligi tayanchi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi nihiyasiga yetdi.
Mazkur tanlov hamshiralar va doyalar kasbiy malakasini oshirish, ularning bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda fidokorona mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilib, “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida hamda sohadagi tegishli qarorlar ijrosi asosida tashkil etildi.

👩‍⚕️ Tanlovning viloyat bosqichida tuman va shahar tibbiyot birlashmalaridan saralangan 7 nafar eng ilg‘or patronaj hamshiralar o‘z bilim va tajribalarini sinovdan o‘tkazib, o‘z kasbiy mahoratlarini namoyish etdilar. Ishtirokchilar amaliy ko‘nikmalar, tibbiy bilim va bemorlar bilan ishlash madaniyati bo‘yicha bellashdilar.

Tanlov davomida har bir ishtirokchining kasbiy yondashuvi, mas’uliyati va patronaj xizmatidagi faoliyati alohida baholandi.
🥇 Tanlov yakunda eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar quyidagi o‘rinlarni egalladilar:
🥇 1-o‘rin — Sanaqulova Guliruxsor Narzullayevna
(Qamashi tuman TTB, 49-son Oila poliklinikasi, patronaj hamshirasi)
🥈 2-o‘rin — Xolboeva Xilola Nurali qizi
(Koson tuman TTB, 20-son Oila poliklinikasi, patronaj hamshirasi)
🥉 3-o‘rin — G‘afurova Feruza Abdisamatovna
(Qarshi shahar TTB, 2-son Oila poliklinikasi, patronaj hamshirasi)
🟢G‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanib, keyingi bosqichlarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
✨ Mazkur tanlov tibbiyot xodimlarining kasbiy rivojlanishiga xizmat qilib, patronaj xizmatini yanada takomillashtirish, ayollar salomatligini mustahkamlash va sog‘liqni saqlash tizimida sifatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati