Birlashmada raqamlashtirish va shaffoflikni taʼminlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Barcha davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini asillik belgisi orqali nazorat qilish tizimiga o‘tkaziladi.Dori-darmonlarning haqiqiyligini tekshirish va ularning bemorlarga yetkazib berilishi to‘liq raqamlashtirilmoqda.DMED tizimida yangi ombor modulining joriy etilishi bilan barcha dori vositalari elektron hisobga olinib, ularning harakati to‘liq nazoratga olinadi.
Shuningdek, DMED tizimida samarali ishlashni yo‘lga qo‘yish uchun barcha shifoxonalar, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokorlik punktlari zamonaviy kompyuter texnikasi hamda 3D skanerlar bilan jihozlandi.
Umida Tuxtasheva o‘rganishlar davomida shifoxonada davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashdi va ular uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Bundan tashqari, ishonch raqamlari ishlash holati ham o‘rganildi.






