Yangiliklar

Koson tumani tibbiyot birlashmasi boshlig’i Tursunov Farxod korrupsiyaga qarshi kurash doirasida tibbiyot tizimida raqamlashtirish, yangi diagnostika uskunalari joriy etish, bepul profilaktika va ishga qabul jarayonlarini shaffoflashtirish choralari ko’rilayotganini ma’lum qildi. Fuqarolarni joriy etilayotgan «Yagona tibbiyot axborot tizimi» (DMED) orqali nazoratni kuchaytirishga chaqirib, hodisalar bo’yicha +998 91 456 69 05 raqamiga yoki kosontssb@ssv.uz elektron manziliga murojaat qilishni tavsiya etdi.

Hurmatli tibbiyot xodimlari, aziz tumandoshlar!

Bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi O‘zbekistonda shaffoflik, ochiqlik va adolat tamoyillariga asoslangan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlarda sog‘liqni saqlash tizimi ham tubdan yangilanib, zamonaviy rivojlanish bosqichiga ko‘tarilmoqda.

Xususan:

-tibbiyot muassasalarida xizmatlar bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda;

-zamonaviy diagnostika uskunalari, jumladan, mamografiya apparatlari joriy etilib, aholi salomatligini muhofaza qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda;

-bepul profilaktik ko‘riklar tashkil etilmoqda;

-ishga qabul qilish jarayonlari to‘liq HRM.ARGOS.UZ tizimi orqali amalga oshirilmoqda;

xodimlarning huquq va majburiyatlari aniq va oshkora belgilab qo‘yilmoqda.

Mazkur chora-tadbirlarning asosiy maqsadi — inson omilini kamaytirish, tizimda shaffoflik va xolislikni ta’minlashdan iboratdir.

Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘luvchi illatdir. Mamlakatimiz miqyosida ushbu baloga qarshi murosasiz kurash olib borilayotgan bir paytda, Koson tumanida ham tibbiyot tizimini toza va shaffof muhitga aylantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

📌 Bu jarayonda jamoatchilikning faol ishtiroki alohida ahamiyat kasb etadi. Fuqarolarimizning qo‘llab-quvvatlovi va hamkorligisiz sog‘liqni saqlash tizimini korrupsiyadan xoli etish mushkul. Shu bois barchangizni ushbu yo‘nalishda yanada faol bo‘lishga chorlayman.

🖥 Shu maqsadda tumanda Yagona tibbiyot axborot tizimi (DMED) bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Mazkur tizim barcha jarayonlarning ochiqligi va nazoratini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bugun barchamiz bir fikr atrofida birlashmog‘imiz lozim:

“Raqamlashtirilgan va korrupsiyadan xoli tibbiyot — xalqimiz sog‘lom hayoti va yurtimiz farovon kelajagining mustahkam asosidir!”

🔎 Hurmatli fuqarolar! Agar siz tuman tibbiyot muassasalarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz, quyidagi manzillar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

📞 Telefon: +998 91 456 69 05

📧 Elektron pochta: kosontssb@ssv.uz

✅ Albatta, amalga oshirilayotgan ishlar hali boshlang‘ich bosqichda. Oldinda turgan vazifalar ko‘p. Shu bois barchangizni jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga va korrupsiyaga qarshi kurashda faol ishtirok etishga chaqiraman.

Hurmat bilan,

Tursunov Farxod Rizoqulovich

Koson tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i