Savollarga Javoblar

Immunitet (lot. immunitas — biron narsadan xalos, ozod ʻlish, qutulish) — tirik mavjudotlarning oʻz butunligi va biologik noyobligini buzuvchi «yot» omillardan himoyalani-shi, qarshilik koʻrsatishi, rezistentligi. «Yot» omillarga bakteriya va ularning toksinlari, viruslar, zamburugʻlar, sodda jonivorlar, gelmintlar, koʻchirib oʻtkazilgan aʼzo va toʻqimalar, organizmning oʻzgargan oʻz xujayralari (mas, oʻsmasimon hujayralar) va b. kiradi. Bu omillar organizm uchun irsiy begona boʻlgan kimyoviy agentlar — antigenlar tutadi.

Astma (yunoncha asthma — halloslash, boʻgʻilib qolish) — bronxlar teshigining toʻsatdan torayib qolishi (qarang Bronxiol astma) yoki yurak kasalliklari natijasida (qarang Yurak astmasi) tutadigan boʻgʻilish xuruji. Astma tutganda darhol shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish zarur.

Infeksiya (lotincha: inficio, infeci, infectum — yuqtirmoq, buzmoq, zaharlamoq) — patogen mikrob (yoki virus)ning odam yoki hayvon organizmiga kirishi, koʻpayishi va ayni vaqtda mikrob bilan organizm oʻrtasida oʻzaro murakkab munosabat vujudga kelishi. «Infeksiya» termini baʼzan boshqa maʼnoda — kasallik yuqqan paytni, infeksion kasallikni, uning mikrobini ifodalash uchun ishlatiladi.

Miokard infarkti — bu yurak to‘qimalari nekrozi (halokati). U oziqlantiruvchi arteriyalarning torayishi natijasida mushaklarga kislorod yetishmaganda paydo bo‘ladi. Ishemik kasallik infarktga aylanishi uchun ba’zan hech qanday qo‘zg‘atuvchi omillar kerak bo‘lmaydi: shunchaki uyqudan uyg‘onib, karavotdan turishning o‘zi yetarli. Stress yoki noodatiy jismoniy harakatda yurak xuruji xavfi oshadi.

Shifokorga birinchi tashrifi paytida deyarli har bir bo‘lajak ona har doim homiladorlikda qanday ovqatlanish kerakligini so‘raydi. Albatta, homiladorlik qat’iy parhezlar uchun vaqt emas, lekin ikki kishilik ovqatlanishning ham hojati yo‘q.

Ko’p beriladigan savollar