Yangiliklar

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi direktori B.M. Tadjiev boshchiligida bir guruh mutaxasislar – J.J. Tuychiyev, M.A. Yunusov, A.X. Toychiyev, M.A. Nizomxodjaeva, L.B. Tuychibaeva va O.Sh. Abdurahmanovalar Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida parazitar kasalliklar profilaktikasi va virusli gepatit B va C skriningi bo’yicha keng qamrovli amaliy ishlar olib borish uchun tashrif buyurishdi.

Parazitar kasalliklar bilan kasallanishni kamaytirish va aholini sog’lomlashtirish bo’yicha Koson tumanida joylashgan tibbiy muassasalar (tuman tibbiyot birlashmasi, oilaviy shifoxona va poliklinikalar) ishlovchi mutaxasislar, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida o’quvchi bolalar va ishlovchi pedagoglar xamda mahallalarda yashovchi aholi o’rtasida keng qamrovli profilaktik chora-tadbirlar olib borildi.

Tashrif mobaynida markaz direktori B.M. Tadjiev tomonidan tashkiliy-uslubiy ishlar olib borildi. Koson tumani tibbiyot birlashmasida barcha oilaviy poliklinika va shifoxonalar mudirlari, o’rta va kichik tibbiyot xodimlari va ma’sul shaxsalarga aholini sog’lomlashtirish, tibbiy madaniyatini oshirish va boshqa bir qator davlat tomonidan olib borilayotgan ishlar to’g’risida, jumladan markazning tor mutaxasislarining ushbu hududga kelish maqsad va vazifalari bilan tanishtirildi.

Xizmat safari mobaynida ishchi guruh tomonidan Koson tumanida joylashga birlamchi bo’g’in tizimida ishlovchi umumiy amaliyot vrachlari, pediatr, vrash-laborant, o’rta va kichik tibbiy hodimlariga parazitar kasalliklarni dolzarbligi, oldini olish chora-tadbirlari bo’yicha mahorat darslari tashkil etildi. Tibbiy hodimlarga moslashtirilgan tarqatma materiallar, prezentatsiyalar taqdim etildi. Birlamchi bo’g’inda ishlovchi vrachlar va patronaj hamshiralariga aholi orasida yuqumli kasalliklar, jumladan parazitar kasalliklarni oldini olish bo’yicha sanitariya-targ’ibot ishlarini olib borishning ahamiyati va samaradorligi to’g’risida batafsil ma’lumot berildi. Kelgusi rejalar muhokama qilindi va doimiy ravishda ish jarayonini to’g’ri olib borishda amaliy yordam berishga kelishildi. Jami Koson tumanidagi 10 ta oilaviy poliklinikalar va tuman tibbiyot birlashmasida ishlovchi 200 dan ortiq xodimlari ushbu mahorat darslariga qamrab olindi.

Koson tumanida joylashgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchi 7000 o’quvchilar va 1500 tarbiyalanuvchilar orasida parazitar kasalliklar to’g’risida tushuncha, ularning tarqalganligi, inson salomatligiga salbiy ta’siri, yuqish yo’llari va oldini olish chora tadbirlari bo’yicha sanitariya-oqartiruv ishlari amalga oshirildi. Pedagoglar va o’quvchilarga 1000 dan ortiq tarqatma materiallar berildi va ushbu kasalliklar bo’yicha barcha katta sinf o’quvchilaridan pre- va post testlar olindi. O’tkazilgan test natijalariga ko’ra tushuntirish ishlari va mahurat darslaridan so’ng tog’ri javoblar 30 foizga ortgani kuzatildi. Hududga qarashli maktablarda 5000 ta o’rta va katta sinf o’quvchilaridan parazitar kasalliklar bo’yicha diktantlar olindi. O’quvchilar bilan erkin savol-javob ko’rinishida suhbatlar tashkil etildi va barcha yuzaga kelgan savollarga javob berildi. 200 ta pedagoglar uchun bolalar salomatligiga parazitar kasalliklarni ta’siri va profilaktikasi to’grisida tushuntirish ishlari olib borildi va ularni qiziqtirgan savollar muhokama qilindi.

Koson tumanidagi mahalla va xonadonlarda yashovchi 1500 dan ziyod fuqorolar orasida parazitar kasalliklarni oldini olish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishni shakillantirish bo’yicha hamda keng qamrovli sanitariya – targ’ibot ishlari olib borildi. Parazitar kasalliklar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan asoratlar to’g’risida ma’lumot berildi va aholini sog’lomlashtirishda birlamchi bo’g’in tibbiy xodimlarini ahamiyati ko’rsatib o’tildi. Tadbirlarda mahalla fuqorilari faol qatnashdilar. Tarqatma materiallar berildi va mutaxasislar bilan aholi o’rtasida suhbatlar va savol javoblar bo’lib o’tdi.

C ekspress skriningi o’tkazildi, natijada 16 ta shaxsda virusli gepatit C va 26 ta shaxsda virusli gepatit B aniqlandi va keying chuqur tekshiruvlarga yo’naltirildi. Gepatitlar skriningi bilan bir qatorda ushub shaxslarga parazitar kasalliklarining tarqalganligi, inson salomatligiga nojo’ya ta’siri, yuqish yo’llari va oldini olish chora tadbirlari bo’yicha ma’lumotlar berib borildi.

Markaz mutaxasislarining Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida tashrifining asosiy maqsadi parazitar kasalliklar bo’yich xavf guruhiga kiruvchi shaxslarni aniqlash, aholini sog’lomlashtirish, keng sanitariya targ’ibot ishlarini olib borish, shifokorlarga uslubiy va amaliy yordam berish, ish samaradorligi va sifatini oshirishdan iboratdir. Birlamchi bo’g’in shifokorlari va o’rta tibbiyot xodimlari ushbu olib borilayotgan ishlarni muntazam tashkillashtirish bosqichlari va istiqbollari kelishib olindi.

Markaz tomonidan virusli gepatitlarni erta aniqlash maqsadida aholi o’rtasida skrining tashkil etilgan bo’lib, kasallik aniqlangan bemorlarga o’z vaqtida yo’naltirilgan terapiyani boshlash va doimiy mutaxasis nazoratida bo’lish imkonini beradi. tashkillashtirilgan keng qamrovli tadbirlar aholi orasida kasallanishni kamayishiga, asoratlar rivojlanishini oldini olishga va aholini sog’lomlashtirishga qaratilgan.